Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Eng yomon ssenariy ortda qoldi» — JSST rasmiysi pandemiya qachon tugashi haqida gapirdi

«Eng yomon ssenariy ortda qoldi» — JSST rasmiysi pandemiya qachon tugashi haqida gapirdi

Koronavirus pandemiyasi kelasi yil boshida tugashi kutilmoqda. Ushbu farazni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Xans Klyuge ma’lum qilgan.

«Eng yomon ssenariy ortda qoldi. Biz virus haqida tarqalishni boshlagan 2020- yilga nisbatan ko‘proq ma’lumot bilamiz», — deya Daniyaning DR telekanali rasmiyning so‘zlarini keltirmoqda.

Klyugening ta’kidlashicha, virus insoniyat orasida butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, ammo belgilangan sanaga qadar ma’lum cheklovlarga ehtiyoj qolmaydi. Shu bilan birga, rasmiy bu faqat taxmin ekanligini ta’kidlagan, chunki hozircha hech kim vaziyat qanday rivojlanishini aniq ayta olmaydi.

JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus o‘z navbatida emlashlarni ortga surmaslikka chaqirgan, chunki mutatsiyalar va yangi shtammlarning paydo bo‘lishi sababli mavjud vaksinalar keyin foydasiz bo‘lishi mumkin.

Hozirgi kunga kelib dunyoda 111 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, deyarli 2,5 million kishi vafot etgan. Yuqtirilgan va qurbon bo‘lganlarning aksariyati AQSh, Hindiston va Braziliyada davlatlariga to‘g‘ri keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring