Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda do‘kondagi mevalarga tuflagan ayol hibsga olindi. U infeksiya tarqatishga uringanlikda ayblanmoqda

AQShda do‘kondagi mevalarga tuflagan ayol hibsga olindi. U infeksiya tarqatishga uringanlikda ayblanmoqda

Foto: «Buzzlu.com»

Amerikaning Florida shtatida supermarketdagi mevalarga tuflagan gvatemalalik ayolni hibsga olishdi. Uni AQShdan deportatsiya qilishlari mumkin, deya xabar berdi «Newsweek» nashri.

Bir ayol do‘konda mevani tishlab, ikkalaga qo‘liga tuplab, laymalar solingan savatga uloqtirganini payqab qolishgan. Do‘kon menejeri chaqiruviga ko‘ra yetib kelgan politsiyachilar uni hibsga olishgan.

Qoidabuzar Gvatemaladan kelgan 40 yoshli Lizett Santis ismli noqonuniy migrant bo‘lib chiqdi. Shu bois endi uni deportatsiya qilib yuborishlari mumkin. Shuningdek, u infeksiya tarqatishga uringanlikda ayblanmoqda. Santis o‘z navbatida koronavirusga chalinmaganini ta’kidlamoqda. Biroq u testdan o‘tmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring