Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xirurgiya markazi bepul aksiyalar e’lon qildi

Xirurgiya markazi bepul aksiyalar e’lon qildi

Akademik V.Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Xalqaro xotin-qizlar kuni va Navro‘z bayrami munosabati bilan plastik va estetik xirurgiya bo‘yicha hamda jigar, o‘t qopi, o‘t yullari va oshqozon osti bezi xastaliklari bo‘yicha bepul aksiyalar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tibbiy aksiyalar 14–19 mart kunlari soat 8:00 dan 18:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Plastik va estetik xirurgiya yo‘nalishida mammoplastika, abdominoplastika, blefaroplastika va rinoplastika yo‘nalishlarida hamda rekonstruktiv jarrohlik amaliyotlari (tendoplastika va chandiqli deformatsiya plastikasi) bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkaziladi.

Malakali mutaxassislar plastik jarrohlik uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash, amaliyotdan keyingi reabilitatsiya va tiklanish kabi qator masalalarda bemorlarga yuzma-yuz tarzda ko‘mak va maslahatlar berishi kutilmoqda.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar aksiya doirasida o‘t-tosh kasalligi, o‘t yo‘llari jarohatlari va chandiqli torayishlar, jigar va oshqozon osti bezi o‘smalari, jigar transplantatsiyasi kabi masalalarda o‘z sohasining tajribali mutaxassislaridan maslahat olishlari, kasalliklarni erta aniqlash va davolash bo‘yicha bepul tekshiruvlardan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Belgilangan muddat davomida konsultatsiya olgani kelgan fuqarolardan mavjud bo‘lgan tibbiy hujjatlari (ko‘chirmalar, tahlillar, elektron axborot tashuvchi vositalar, shu jumladan, kompakt-disklar)ni o‘zlari bilan olib kelishlari so‘raladi.

Murojaat uchun telefonlar:

+998 712304914
+998 712304560
+998 712304548

Manzil: Toshkent shahar, Kichik Xalqa yo‘li ko‘chasi, 10.

Mo‘ljal: Chilonzor metrosi. Poliklinika, 6 kabinet.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring