Voyaga yetmagan mahkumlarga maxsus sertifikatlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 29 yanvardagi «Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning mehnat bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 40 ta jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar uchun maxsus kurslari tashkil etilgan. Unda «Hunarmand» uyushmasi mutasaddilari tomonidan usta-shogird an’analari asosida bozoridagi talab yuqori bo‘lgan kasb-hunar sirlari o‘ratib kelinmoqda.
Kuni kecha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va «Hunarmand» uyushmasi tashabbusi bilan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 24-sonli muasasada (bu muassasadar voyaga yetmaganlar jazo o‘tashadi) yog‘och o‘ymakorligi hamda tikuvchilik bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslarida hunar o‘rgangan mahkumlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Tadbir davomida mahorat darslari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi hamda madaniy konsert dasturi namoyish etildi.
«Hunarmand» uyushmasi
axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter