Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir o‘rinbosari hokim etib tayinlandi

Vazir o‘rinbosari hokim etib tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Yakubov Nodirbek Gulmuradovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Nodirbek Yakubov 1975 yili Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi - huquqshunos. U 2001 yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini bitirgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Nodirbek Yakubov mehnat faoliyatini «O‘zelektrkimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasida ishchi vazifasida boshlagan.

U o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida ishlagan.

Mazkur vazifaga tayinlangunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring