Uchta agentlik rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi
Hukumat qarorlari (53-, 54-son, 03.02.2022y.) bilan bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:
- Shohruh Hamidovich Rahimov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib;
- Ulug‘bek Patxidinovich Qosimxo‘jayev Vazirlik huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, Rustamxon Kamalxanovich Azizov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
Aziz To‘lqinovich G‘ofurov hamda Aleksey Vadimovich Sim Agentlik bosh direktorining o‘rinbosarlari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter