Ucell: Qarshida 500 tup qarag‘ay ekildi (video)
Kompaniyaning bahorgi daraxt ekish aksiyalari davom etmoqda. «Ucell-Qarshi» hududiy filiali xodimlari Qarshi shahrining O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab, asosiy pochta bo‘limi yonida, Eldar navli qarag‘aylarni ekdilar.
Bahor kelishi bilan Ucell an’anaviy ravishda ekologik aksiyalarini boshladi. O‘tgan hafta Navro‘z bayrami arafasida eko-hashar uyushtirilib, Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi va kompaniya tomonidan otaliqqa olingan Axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktabga 170 tup nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko‘chatlari ekildi.
O‘tgan bahorda ham «Ucell-Qarshi» ofisi xodimlari Sharaf qo‘rg‘oni yaqinida 40 tup hind nastarini va 40 tup ispan droklarini ekishgandi. Bu yil 500 dona Eldar qarag‘ay ko‘chatlari sotib olindi.
Eldar qarag‘ayi asli Ozarbayjonning shimoli-g‘arbiy qismidan kelib chiqqan bo‘lib, keng, yoyilgan toj bilan, balandligi 15-20 metrgacha bo‘lgan chiroyli daraxt. O‘simlik kuchli shamollarga qarshi tura oladi va tuproqqa talabchan emas.
Malik Yusupov, «Ucell-Qarshi» mintaqaviy filiali direktori v.b.:
— Qashqadaryo viloyatining iqlimi murakkab, shuning uchun ekiladigan daraxtlarning turini tanlash juda muhimdir. Bu masalada bizga Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bo‘limining bosh agronomi Mansur Eshnazarov yordam berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eldar qarag‘ayi mintaqaning keskin kontinental iqlimiga yaxshi mos keladi. U sho‘rga, qurg‘oqchilikka, sovuqqa va issiqqa chidamli bo‘lib, tegishli parvarishda tez o‘sadi va osongina ildiz otadi. Bulutli ob-havoga qaramay bugun ko‘chatlarning bir qismini ekdik. Shu kunlar davomida qolganlarini ham ekamiz.
Ko‘chatlarning yoshi — 3 yil, balandligi — 2 dan 2,5 metrgacha.
Aksiyada Qarshi shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, Ucell hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter