Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tursunali Akbarov Sudyalar Oliy kengashi matbuot kotibi etib tayinlandi

Tursunali Akbarov Sudyalar Oliy kengashi matbuot kotibi etib tayinlandi

Jurnalist Tursunali Akbarov O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga asosan amalga oshirildi.

Tursunali Adaxamjanovich Akbarov — taniqli va tajribali jurnalistlardan.

U 1973-yili O‘sh viloyatining (Qirg‘iziston) O‘zgan shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini tuman gazetasida boshlagan T. Akbarov qator ommaviy axborot vositalari, xususan, «Xabar», «Hurriyat» nashrlarida, «Turkiston-press» axborot agentligi, shuningdek, «Movarounnahr» nashriyotida turli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining huquq va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi muharriri vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-sonli qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida rahbarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanib, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, rahbar o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring