Toshkentga «o‘tkazish» ko‘zlangan 3 tonna go‘sht to‘xtatildi
Iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan IIB, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «ISUZU» rusumli yuk avtotransport vositasida fuqaro Sh.X. hech qanday hujjatsiz jami 2950 kg yirik shoxli mol go‘shtini Toshkent shahrida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter