Toshkentda uy-joy ijarasi o‘rtacha 1 mln so‘mni tashkil qiladi — Soliq qo‘mitasi
Jismoniy shaxslar 2022-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini «E-ijara» xizmati orqali soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, 2022-yil 1-oktyabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.
Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.
Respublikada ijaraga berilgan turar-joy ob’yektlari:
- 2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha – 3 240 ta;
- 5 mln so‘mdan ortiq – 255 ta.
Soliq solish maqsadida 2022 yilda ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
- Toshkent shahrida – 15 500 so‘m;
- Nukus va viloyat markazlarida – 9 500 so‘m;
- boshqa aholi punktlarida - 4 000 so‘m etib belgilangan.
Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12 foiz stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi.
Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lamaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter