Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov birinchi majlisini o‘tkazdi

Toshkent shahar hokimi v.b. Baxtiyor Rahmonov birinchi majlisini o‘tkazdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Xabarga ko‘ra, majlisda shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, tashkilotlar mas’ullari ishtirok etgan. Yig‘ilishda bugun, 16-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e’tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olingan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Prezident tilga olgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e’tibor qaratildi. Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi. Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi, deyiladi xabarda.

Vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev bugun lavozimidan ozod etilgan, shu paytgacha Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring