To‘ra Bobolov ikki nafar hokimni jazoladi
Surxondaryo viloyat hokimligida videoselektor tarzida navbatdagi Hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro qilinishi ahvoli to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi, deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Jumladan «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi doirasida 2020-yilda Angor va Sho‘rchi tumanlarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun mazkur tumanlar hokimlariga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismiga asosan, «O‘rtacha oylik ish haqining o‘n foizi» miqdorida jarima jazosi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter