Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘ra Bobolovning yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi

To‘ra Bobolovning yangi lavozimi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatining sobiq hokimi To‘ra Bobolov hozirda Toshkentda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ikki oy muqaddam Prezidentning tegishli farmoni bilan To‘ra Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. O‘shandan buyon Bobolovning yangi lavozimi keng jamoatchilikka ma’lum emasdi.

Yaqinda «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Tadbirda To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida ishtirok etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring