To‘ra Bobolov hokim lavozimiga qaytdi
Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
T.Bobolov 2022 yilning 26 dekabrida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasidan bo‘shatilgan va 2023 yilning fevralida Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati sobiq hokimi To‘ra Bobolovning Angor tumani prokurori bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti, deya aytilgan audiosuhbat tarqalgan va holat davlat rahbari ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida ham eslab o‘tilib, Bobolovga «prokuror bilan gaplashishdan oldin maktab qurilishini joyiga qo‘yib qo‘yish kerak»ligi uqtirilgan edi.
O‘tgan yilning 26 dekabr kuni esa To‘ra Bobolov viloyat hokimi vazifasidan olib tashlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter