Rasman: Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov ishdan olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan To‘ra Abdiyevich Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, To‘ra Bobolov 1970-yilda tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994-yildan 2003-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004-yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004–2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2017-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. U 2017-yildan 2019-yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.
U 2019-yil 1-may kuni Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter