Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘zgardi
![Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘zgardi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2287990711.jpg)
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bergan.
M.Mamatxonov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U 1998 – 2016-yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.
2016 – 2017-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. Mamatxonov 2018-yildan to shu kunga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter