Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ibragimov Baxtiyor Bahodirovich (ilgari O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi lavozimida ishlagan) — Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

Mirzarahimov Sarvar Hamitjonovich (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan) — Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i vazifasini boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Akramov Umid Shuhratovich (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya -iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) — Iqtisodiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i vazifasini boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring