Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«KFC»ning Toshkentdagi restoranlari halol va alkogolsiz bo‘ladi

«KFC»ning Toshkentdagi restoranlari halol va alkogolsiz bo‘ladi

Foto: «EATonline.ru»

2018 yilning so‘nggiga qadar Toshkentda «KFC» restoranlar tarmog‘i ochilishi kutilmoqda. Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, taomlarni tayyorlashda faqat halol mahsulotlardan foydalaniladi. Bu haqda «Nuz.uz» xabar bermoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadigan restoranlarda alkogolga to‘liq taqiq o‘rnatiladi. Ba’zi mamlakatlardagi «KFC» menyulariga pivo ichimligi kiritilgan bo‘lsada, O‘zbekiston bozorida alkogol mahsulotlaridan to‘liq voz kechishga qaror qilingan. Restoranlarga mehmonlar o‘zlari bilan spirtli ichimliklar olib kirishlari ham man etiladi.

Poytaxtdagi ilk uchta restoran «Chilonzor», «Buyuk Ipak yo‘li» metro bekatlari va Vestminster universiteti yaqinida ochilishi belgilangan. Restoranlarning ochilish sanasi hozircha noma’lum. O‘zbekistondagi «KFC» bo‘linmasining «Facebook»dagi sahifasida qayd etilishicha, ayni damda kompaniyaga ishchilarni qabul qilish jarayoni ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring