Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Qodirov Mirzohidjon Muxtarovich vazirlik huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
M. Qodirov 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy o‘quv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan.
Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qo‘mitasida yetakchi mutaxassis, qo‘mita raisi o‘rinbosari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK direktori kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
M. Qodirovga tizimda korrupsiyaga barham berish, sohaga xalqaro standartlar, yuqori texnologiyali laboratoriyalarni joriy qilib, O‘zbekistonga sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar kirib kelishini ta’minlash, mamlakatda farmatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, markazda faoliyat ko‘rsatuvchi kadrlar malakasini jahon talablari darajasida oshirib borish hamda o‘z ishiga halol hamda vijdonan yondashadigan bilimli va mahoratli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish kabi muhim vazifalar yuklatildi, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter