Shoxruh Sharahmedovning boshqa vazifaga tayinlangani haqida rasmiy ma’lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Shoxruh Sharahmedov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda SSV.
Sh. Sharahmedov 1977-yilda tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1999-yilda esa Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisod, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
O‘z faoliyatini Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi yetakchi mutaxassisi vazifasidan boshlagan Sh.Sharahmedov turli yillarda Iqtisodiyot vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kabi nufuzli tashkilotlarda mas’ul lavozimlarda mehnat qildi. U Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlanishidan avval Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter