Shifokor ichaklarning faoliyati uchun foydali mahsulotni aytdi
Diyetolog, endokrinolog Natalya Lazurenko kefirning foydalari haqida ma’lumot berdi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ichimlik ichaklarning holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
«Kefir faol hayot uchun muhim makroyelementlarni o‘z ichiga olgan fermentlangan sut mahsuloti: oqsillar, yog‘lar va uglevodlar», deb tushuntirdi Lazurenko.
U oqsillar butun organizm uchun tiklovchi mahsulot, uglevodlar energiya manbai ekanini ta’kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga, kefirda foydali mikroorganizmlar mavjud bo‘lib, ular ham ingichka, ham yo‘g‘on ichakning ishiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, mikrobiotaning xilma-xilligi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratadi.
Shifokr kefirning foydasi uchun 200 millilitr iste’mol qilish kifoya ekanligini qo‘shimcha qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter