Kefirning kutilmagan foydali xususiyatlari aniqlandi
Kefirni muntazam iste’mol qilish kattalarda faol hayot kechirishga yordam beradi. Bu haqda parhezshunos Yelena Solomatina gapirdi, deb yozadi «Kechki Moskva».
Kefirda ichak mikroflorasi uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdordagi bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar mavjud. Sog‘lom mikrobioma nafaqat oshqozon-ichak traktining normal ishlashini ta’minlaydi, balki immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, asab tizimi va ichki organlarga yordam beradi.
Keksa odamlar uchun kefir ayniqsa zarur, deb hisoblaydi Solomatina. U ichaklardagi patogen florani yo‘q qiladi, kasalliklarni kamaytiradi va faol hayot tarzini uzoqroq davom ettirishga yordam beradi.
Kefirning ayniqsa tayyorlangandan ikki-uch kun iste’mol qilish foydali. Shundan so‘ng u o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi va oshqozon-ichak traktiga mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Gastrit, oshqozon yarasi yoki kolit bilan og‘rigan odamlarga tavsiya etilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter