«Shahrimiz qahramonlari» turkumidan: yarim kunda 500 ta non yopadigan nonvoy (video)
Toshkentlik Ja’far Miraliyev 10-sinf o‘quvchisi, darsdan bo‘sh vaqtda novvoylik bilan shug‘ullanadi.
Bugun ana chiroyli va mazali nonni yarim kunda 500 tagacha pishirib, ota, aka hunarini davom ettirib kelayotgan qahramonimiz Ja’far bilan Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ko‘rsatuv tayyorladi.
Nonvoy mahoratli bo‘lishi bilan birga chaqqon, tezkor va uddaburon ham bo‘lishi kerak. Sekundomerni qo‘yib tekshirganimizda, Ja’far 5 daqiqada 25 ta non yopdi.
Demak, 4 yil vaqtini nonvoychilik hunarini egallashga sarflagan Jafar bugun to‘g‘ri yo‘lda. U bu hunarni puxta o‘rganishga bel bog‘lagani aniq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter