Shahnoza Soatova Adliya vaziri maslahatchisi etib tayinlandi
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Shahnoza Mirzarahimovna Soatova Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Sh.Soatova 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – filolog.
Sh.Soatova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar vazirlikning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Ma’lumot uchun: davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- vazirlikda ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlarning ijrosini tashkil etadi;
- ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini tanqidiy o‘rganadi, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
- davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etadi;
- ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;
- hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;
- davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Qayd etib o‘tish lozim, Shahnoza Soatova mamlakatimizning taniqli blogerlaridan biridir. Shu jumladan, «Xabar.uz»ning kolumnisti ham hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter