Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar so‘nggi manzilga kuzatildi

2019-yil 20-aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani «Olmaota – Toshkent» avtomobil yo‘lining 181-kilometrida avtobus boshqaruvni yo‘qotishi natijasida YTH sodir bo‘lgani va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari vafot etgani haqida xabar bergan edik.
YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari bugun Vatanga olib kelindi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, bugun ertalab marhuma Dilorom Yermekbayeva Quyichirchiq tumani «Qo‘shiq» mahallasidagi qabristonga, marhumlar O‘rinboy Abduxalikov va Alisher Kalmuradov peshinda Ohangaron tumani «Yangi hayot» mahallasi qabristoniga dafn etildi.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumlarning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter