Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qorasini ko‘rsatmagan» «Damas»: MChJ ma’naviy zararga tortildi

«Qorasini ko‘rsatmagan» «Damas»: MChJ ma’naviy zararga tortildi

Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqarolar D.Sh. va A.Sh. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Aniqlanishicha, 2021-yilning 4-oktyabr kuni fuqaro D.Sh. «Labo» rusumli, A.Sh. yesa «Damas» rusumli avtomashina sotib olish uchun «Uz Auto Premium» MChJ bilan shartnomalar rasmiylashtirgan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, transport vositasi qiymatining 30 foizi miqdorida, ya’ni D.Sh. 27 million 719 ming so‘m, A.Sh. esa 27 million 100 ming so‘m to‘lovni amalga oshirishgan. Rasmiylashtirilgan shartnomalarning 1.1 bandida MChJ to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 90 ish kuni ichida avtomashinalarni o‘z egalariga yetkazib berish majburiyatini olgan. Biroq mas’ullar tomonidan shu kunga qadar kelishilgan transport vositalari yetkazib berilmagan.

Murojaatni o‘rganish natijasi yuzasidan iste’molchilarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirishni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayhontohur tuman sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan «Uz Auto Premium» MChJ hisobidan iste’molchilar D.Sh. foydasiga 27 million 719 ming so‘m asosiy qarz va 2 million so‘m ma’naviy zarar hamda A.Sh. foydasiga 27 million 100 ming so‘m asosiy qarz va 2 million so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarildi. Shuningdek, javobgar hisobidan davlat foydasiga 2 million 792 so‘m davlat boji undiriladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring