Sotuvchi iste’molchiga xaridini o‘z vaqtida yetkazib bermasa, penya to‘laydi – loyiha
![Sotuvchi iste’molchiga xaridini o‘z vaqtida yetkazib bermasa, penya to‘laydi – loyiha](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_184900674.jpg)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasini muhokama qildi.
Ushbu qonun loyihasi bilan sotuvchi iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda tovarni topshirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya to‘lashi nazarda tutilmoqda.
Bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovar bahosining 100 foizidan oshib ketmasligi, penyani to‘lash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, to‘liq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmasligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, sotuvchi tovarlarni iste’molchiga topshirishning kechikishi iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lganligini isbotlasa, penya to‘lashdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi aholining qonuniy manfaatlarini iste’molchi sifatida huquqlarini himoya qilish va oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotuvchi shartlashilgan muddatda yoki muddatlarda tovarlarni iste’molchiga topshirmasligi kabi holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter