Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassislar ko‘k choyning foydali ta’sirlari bo‘yicha tadqiqotni e’lon qildi

Mutaxassislar ko‘k choyning foydali ta’sirlari bo‘yicha tadqiqotni e’lon qildi

Antioksidantlarning yuqori konsentratsiyasi bilan mashhur bo‘lgan ko‘k choy odamning kognitiv funksiyalariga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ichimlikning miya salomatligiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot Shveysariyadagi Psixiatriya universiteti klinikasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

Natijalar Psychopharmacology jurnalida chop etilgan.

Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, ko‘k choy ruhiy kasalliklarni, xususan, demansni davolashda yordam beradi.

«Bizning tekshiruv natijalarimiz shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy miyada qisqa muddatli sinaptik plastisitni kuchaytirishi mumkin, bu esa kognitiv funksiyaga foydali ta’sir ko‘rsatadi», — deydi tadqiqotchilardan biri Stefan Borgvardt.

Shu bilan birga, mutaxassis choyni qo‘shimchalar bilan ichishni tavsiya qilgan. Ichimliklarning ayrim turlari miya faoliyatini yaxshilashi mumkin. Shunday qilib, limon qo‘shilgan choy diqqatni jamlash va xotirani kuchaytirish uchun yaxshi foyda beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring