Mutaxassislar ko‘k choyning foydali ta’sirlari bo‘yicha tadqiqotni e’lon qildi
Antioksidantlarning yuqori konsentratsiyasi bilan mashhur bo‘lgan ko‘k choy odamning kognitiv funksiyalariga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ichimlikning miya salomatligiga ta’siri bo‘yicha tadqiqot Shveysariyadagi Psixiatriya universiteti klinikasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Natijalar Psychopharmacology jurnalida chop etilgan.
Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, ko‘k choy ruhiy kasalliklarni, xususan, demansni davolashda yordam beradi.
«Bizning tekshiruv natijalarimiz shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy miyada qisqa muddatli sinaptik plastisitni kuchaytirishi mumkin, bu esa kognitiv funksiyaga foydali ta’sir ko‘rsatadi», — deydi tadqiqotchilardan biri Stefan Borgvardt.
Shu bilan birga, mutaxassis choyni qo‘shimchalar bilan ichishni tavsiya qilgan. Ichimliklarning ayrim turlari miya faoliyatini yaxshilashi mumkin. Shunday qilib, limon qo‘shilgan choy diqqatni jamlash va xotirani kuchaytirish uchun yaxshi foyda beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter