Ko‘k choyning xavfli kasallikka qarshi xususiyati o‘rganildi
Ko‘k choy tarkibidagi birikma saraton hujayralarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan saratonga qarshi oqsilni barqarorlashtiradi. 12 fevral kuni AQSh va Xitoy biologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari «Nature Communications» jurnalida chop etildi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ichimlik tarkibida kislorod metabolizmi yetkazgan zararni bartaraf etuvchi modda — tabiiy antioksidant epigallokatexin gallati (EGCG) mavjud.
Olimlar uning organizmdagi darajasini oshirib, saratonga qarshi p53 oqsil bilan bevosita aloqaga kirishishini aniqladilar.
«p53 molekulalari kabi EGCG ham nihoyatda qiziqarli. Saratonga chalingan bemorlarning yarmidan ko‘pida p53 mutatsiyasi qayd etilgan. EGCG esa butun dunyoga mashhur ichimlik bo‘lgan ko‘k choy tarkibidagi asosiy antioksidant hisoblanadi. Endi ular o‘rtasida ilgari noma’lum bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni topdik. Bizning ishimiz EGCG qanday qilib p53ning saratonga qarshi faolligini kuchaytirayotganini hamda EGCGga o‘xshash birikmalar bilan saratonga qarshi dorilarni yaratishga eshik ochishini izohlashga yordam beradi», — dedi tadqiqot rahbari, professor Vang Chunyu.
Olim ta’kidlaganidek, r53 saraton kasalligiga qarshi kurashish uchun eng muhim oqsil bo‘lishi mumkin.
Mualliflarning qayd etishicha, ular birinchi bo‘lib ko‘k choyning saratonga qarshi ta’sirining molekulyar mexanizmini tushuntirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter