Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-iyuldagi qaroriga asosan Jamshid Ismailovich Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jamshid Abruyev 1979-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti va 2004-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlarini tamomlagan.

J.Abruyev o‘z faoliyatini 2000-yilda Samarqand shahar Temir yo‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi «Markazlashgan hisobxona» hisobchisi, bosh hisobchi o‘rinbosari lavozimida boshlagan.

2003-yilda Samarqand shahar, Temir yo‘l tumani hokimligi moliya bo‘limi «Budjet inspeksiyasi»ning 1-darajali iqtisodchisi.

2004-yilda Samarqand viloyati, Tayloq tumani hokimligi moliya bo‘limi daromadlarni rejalashtirish va iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha 1-darajali iqtisodchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2004-yildan 2012-yilga qadar Samarqand viloyat hokimligining Moliya boshqarmasi 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, bo‘lim boshlig‘i muovini lavozimlarini egallagan.

Keyinchalik Toshkent viloyat hokimligi Moliya boshqarmasi Mulk tarkibida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik sub’yektlarida dividendlarni hisoblanishini va ishlatilishini nazorat qilish bo‘limi bosh hisobchi-eksperti sifatida ishlagan.

Moliya vazirligi tizimida 2012-yilda Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Umumiy o‘rta va maktabgacha ta’limni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi sifatida boshlagan, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshliq o‘rinbosari.

2017 -2018-yy. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring