Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Minhojiddin Mirzoning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Minhojiddin Mirzoning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Yig‘ilishda Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz,  Minhojiddin Hojimatov Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori lavozimida ishlagandi (2019-2024).  2018-2018 yillarda esa Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 

Turli yillarda Jamoatchilik asosida Milliy estradani rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar do‘stlik jamiyatlari kengashi raisi vazifalarini bajardi.

Minhojiddin Mirzo pedagog sifatida turli yillarda Davlat Boshqaruvi akademiyasi, Jahon tillari universiteti, Madaniyat va san’at instituti, Islom universiteti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida dars bergan. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring