Kuchli shamol vaqtida qanday choralar ko‘rish kerak?
«O‘zgidromet» markazi poytaxtda kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkinligi haqida axborot bergandi.
Ayni damda poytaxtda noqulay ob-havo sharoiti kuzatilmoqda.
FVV bunday ob-havo sharoitida talab etiladigan ehtiyot choralari bo‘yicha ma’lum berdi. Jumladan:
- eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirmaslik, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinmaslik;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter