Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreditga mashina olib beraman deya 70 kishini «uxlatganlar» jazolandi

Kreditga mashina olib beraman deya 70 kishini «uxlatganlar» jazolandi

Foto: Xabar.uz

Qashqadaryoda kreditga mashina olib berishni va’da qilib, 70 nafar fuqaroning 1,5 mlrd so‘m pulini «yeb ketgan» shaxslarga sud hukmi o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudi sudlanuvchilarni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) hamda «v» (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan firibgarlik) bandlari bilan aybli topib, T.3.ga 10 yil muddatga, A.Sh.ga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring