Kadastr agentligi direktori o‘zgardi. To‘raxo‘jayev boshqa ishga o‘tgan
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda.
O‘zAning xabar berishicha, uning o‘rniga Umarov Fazliddin Karimovich Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori etib tayinlangan. U bungacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari edi.
Eslatib o‘tamiz, Halilillo To‘raxo‘jayevning Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlanganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q edi. Bungacha esa u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozircha Halilillo To‘raxo‘jayevning qaysi lavozimni egallagani haqida ma’lum qilingani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter