Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST yana bir tahdidli virusdan ogohlantirmoqda

JSST yana bir tahdidli virusdan ogohlantirmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shu yil mart oyidagi bayonotida dunyoda parranda grippi pandemiyasi boshlanishi xavfidan ogohlantirgandi.

Bunga mazkur virusning tez mutatsiyaga uchrab, nafaqat qanotli jonzotlar, balki bemor insonlardan ham yuqish hamda keng tarqalish xususiyatiga egaligi sabab bo‘lgandi.

«Eng yomoni, u odamlar hayotiga zomin bo‘lishi mumkin», deyilgan edi o‘sha chiqishda. Bu holat yuz berdi ham. Aprel oyida Xitoyda H3N8 virusidan ilk o‘lim holati qayd etildi.

Shularni inobatga olib, kecha JSST yangi bayonotini e’lon qildi. Unda parranda grippining insonlarga yuqish xavfi yuqoriligi xususida keng jamoatchilik va soha mutaxassislari yana bir bor ogohlikka chaqirilgan.

Tashkilot mas’ul xodimi Silvi Brianning ta’kidlashicha, mazkur virusning bemor insondan boshqasiga yuqishi kam kuzatiladi. Shunga qaramay, xushyorlik va ehtiyotkorlik shart.

Ayni sababdan JSST mamlakatlarni kasallik ustidan nazoratni kuchaytirish va aniqlangan holatlar bo‘yicha imkon qadar tezroq xabar berishga chaqirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring