Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Olimxon Rustamov.

Olimxon Rustamov Prezidentning 2021-yil 29-yanvardagi qarori bilan O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi lavozimidagi vazifalariga investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan, hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi.

Shuningdek, ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog‘ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Tayinlovga qadar Olimxon Rustamov 2019-yilning sentyabridan buyon iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinbosari, 2020-yil mart oyidan buyon esa uning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring