Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotofakt. Maktab o‘quvchilari metallolom yig‘ishga jalb etilmayotganmidi?..

Fotofakt. Maktab o‘quvchilari metallolom yig‘ishga jalb etilmayotganmidi?..

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida OAV xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazilgan edi. Unda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov hisobot bergandi.


Mavzuga doir:

Xalq ta’limi vaziri: «O‘qituvchilarning jamoat ishlariga chiqishi majburiy emas, ixtiyoriy»


Muxbirlarning maktab o‘quvchilari metallolom yig‘ishga jalb qilinishi hamon davom etayotgani haqidagi savoliga vazir mazkur holatga ko‘z yumib bo‘lmasligini, ayrim shunday o‘quv muassasalari borligini inkor etolmasligini va bunga qarshi kurash olib borilayotganini ta’kidlagan edi.


Mavzuga doir:

«Ixtiyoriy»lik ortidagi majburiyatlar yoki o‘qituvchilarni kim himoya qiladi?


Bugun, 3-mart kuni tahririyatimizga mobil-reportaj yetib keldi. Unda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari astoydil metallolom tashiyotgani tasvirlangan fotosuratlar bor.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Qiziq, metallolom yig‘ish Prezident e’tibori darajasiga ko‘tarilgan masala bo‘lsa, Xalq ta’limi vaziri mazkur holatga qarshi kurashayotgan bo‘lsa, demak, hamma gap maktab direktorlarida qolyaptimi? Axir maktab o‘quvchilari bugun, shanba kuni darsda o‘tirishi, ilm olishi kerak emasmi?

Kitobdagi ushbu masala yuzasidan mutasaddilardan ijobiy javob kutib qolamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring