Davlat tilini rivojlantirish departamenti bo‘yicha nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra, Davlat tilini rivojlantirish departamenti Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Nizom bilan Departamentning asosiy vazifalari belgilandi.
Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish shular jumlasidandir.
Departament tuzilmasi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’lumot uchun: Davlat tilini rivojlantirish departamenti Prezidentning 2019 yil 21 oktyabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter