Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda arzon uy-joy berishda 7,5 mingta noqonuniy holat aniqlandi

Buxoroda arzon uy-joy berishda 7,5 mingta noqonuniy holat aniqlandi

Buxoroda aholining ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalalariga arzon uy-joylar ajratish bilan bog‘liq jami 7 517 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.

Bugun, 7-oktyabr kuni Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi 62-sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya ishini viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev boshqarib borgan.

Sessiyada, xususan:

  • ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish;
  • yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to‘g‘risidagi;
  • og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga;
  • nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar talablariga rioya etilmagani aytilgan.

Shuningdek, joylarda o‘tkazilgan 770 ta o‘rganish va monitoringda jami 119 ming 936 ta qonunbuzilish holatlari va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar va idoralarga jami 1 ming 486 ta taqdimnoma, 280 ta ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif hamda 4 ming 743 ta ogohnoma kiritilgan.

Buning natijasida 414 ta mas’ul mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, noqonuniy qabul qilingan 201 ta hujjat bekor qilingan. Fuqarolar huquq va manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 1 ming 236 ta, ya’ni 5 milliard 686 million 175 ming 422 so‘m qiymatda da’vo arizalari kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring