Bosh vazir maslahatchisi o‘zgardi
Prezident qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilmoqda.
Xususan, bosh vazirning maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi tugatildi.
Uning o‘rniga bosh vazirning Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimi kiritildi.
Qayd etilishicha, ushbu lavozimga Bobur Islomov tasdiqlangan va shu munosabat bilan u Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter