Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asakada o‘tgan Birinchi Prezident xotira tadbirida viloyat hokimi ko‘rinish bermadi

Asakada o‘tgan Birinchi Prezident xotira tadbirida viloyat hokimi ko‘rinish bermadi

Foto: «Auz.uz»

Bugun mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan joylarda xotira tadbirlari o‘tkazildi.

Andijon Asaka tumanida ham xuddi shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu bejiz emas, zero, Asakadagi avtomobil zavodiga Birinchi Prezidentning nomi berilgan. «Auz.uz» saytining yozishicha, erta tongdan Asaka avtomobil zavodi kiraverishidagi Islom Karimov byusti poyiga  faollar, deputatlar, yoshlar ulug‘ allomalar gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.

Foto: «Auz.uz»

Gigant korxonaning texnologiya bo‘limi maslahatchisi, O‘zbekiston Qahramoni Hasanboy Qosimov o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashgan. Tadbirda yosh avlod vakillariga ham so‘z berilgandi.

Xotira tadbiriga oid lavhalarda zavod ishchilaridan tashqari keng jamoatchilik vakillarini ham ko‘rish mumkin. Biroq unda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ko‘zga tashlanmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring