Asakada o‘tgan Birinchi Prezident xotira tadbirida viloyat hokimi ko‘rinish bermadi
Bugun mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan joylarda xotira tadbirlari o‘tkazildi.
Andijon Asaka tumanida ham xuddi shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu bejiz emas, zero, Asakadagi avtomobil zavodiga Birinchi Prezidentning nomi berilgan. «Auz.uz» saytining yozishicha, erta tongdan Asaka avtomobil zavodi kiraverishidagi Islom Karimov byusti poyiga faollar, deputatlar, yoshlar ulug‘ allomalar gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.
Gigant korxonaning texnologiya bo‘limi maslahatchisi, O‘zbekiston Qahramoni Hasanboy Qosimov o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashgan. Tadbirda yosh avlod vakillariga ham so‘z berilgandi.
Xotira tadbiriga oid lavhalarda zavod ishchilaridan tashqari keng jamoatchilik vakillarini ham ko‘rish mumkin. Biroq unda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ko‘zga tashlanmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter