«Damas»ga to‘lov qilib, chuv tushgan fuqaroning puli undirib berildi
Andijon viloyatida yashovchi M.Temirov Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qildi.
Murojaatning qisqacha mazmuni quyidagicha: M.Temirov 2018-yilda Farg‘ona shahridagi «Umid savdo fayz invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan shartnoma tuzib, «Damas» 3 DLX avtomashinasini buyurtma qilgan.
Shartnomaga binoan MChJ hisob raqamiga 31 250 000 so‘m boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilgan. Ammo mashinani oladigan fursat kelib, o‘tib ketdi hamki, qani avtoulovdan darak bo‘lsa! Qat’iy talabdan so‘ng, MChJ biroz yon berdi, ammo so‘ng 40 kun ichida avtomashina uchun to‘langan pul qaytarib berilishini zimmasiga olib, o‘z va’dasida turmadi.
Federatsiya olib borgan ishlar natijada MChJ avtomobil uchun to‘langan boshlang‘ich pul mablag‘ini egasiga qaytarib berishga majbur bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter