Amerikaliklar nega shoshadilar?
Ha, amerikaliklar doim shoshadilar. Ajnabiylar bu holatni ularning eng muhim ajratib turadigan xarakterli belgisi deb hisoblashadi. Va ular haq. Bu milliy xususiyatning sababi kuch-quvvatning asosiy manbai bo‘lgan jo‘shqinning quyulib kelishidir.
Ammo shu quvvat, ya’ni darhol g‘ayratni talab etuvchi harakat kuchi ayni paytda zaiflik manbai bo‘lishi, shu bilan birga bizni dunyodagi eng betoqat odamlarga aylantirishi ham mumkin. Shuning uchun ko‘pgina askarlar tipik amerikacha betoqatliklari tufayli urush paytida noqulay vaziyatlarga tushib qolishgan. Ularning bir qismi hech qanday zarurat bo‘lmagan holda o‘zlarini olov qa’riga tashlagan, vaholanki merganni aldashga urinishlari mumkin edi.
Biznesda ham xuddi shunday yondashish kerak. Biz shartnomalar imzolanib, barcha ishlarning shu zahoti ado etilishini istaymiz. Ammo harakatga qizg‘in shoshilib kirishganimiz bois loyiha ustida o‘ylash uchun ma’lum vaqt sarflanishiga yetarli darajada e’tibor bermaymiz. Xuddi shu betoqatlik va shoshqaloqlik tufayli loyihalarni jadal o‘zlashtirish istagi bilan harakat qilishdan oldin o‘zini bir oz to‘xtashga majbur etgan kishiga imtiyoz yaratib bergan bo‘lamiz. «Kimki sabr-toqatga ega bo‘lsa, u barcha istaklariga erishadi», ─ degan edi Benjamin Franklin.
Sabr-toqat alohida mardonavorlikni talab qiladi. Bu o‘jarlik, o‘zini tuta bilish, vazminlik va iroda kuchi timsolining tajassumi bo‘lib, bir maqsad yoki idealga o‘zini butunlay bag‘ishlashdan kelib chiqadi. «Sabr-toqat, ─ degan edi Brauning, ─ bu o‘zgartirish mumkin bo‘lgan narsani o‘zgartirishga dadillik bilan kira olish, o‘zgartirib bo‘lmaydigan ishni o‘zgartirishga shay turish va birini boshqasidan farqlash uchun donishmandlikka ega bo‘lish demakdir».
Agar hayotiy muhim maqsadni qo‘lga kiritish g‘oyasi bilan band bo‘lsangiz, sizda to‘siqlarni yengib o‘tish uchun shunchalik sabr-toqat mavjud bo‘ladi.
***
Kamina so‘z yuritayotgan sabr-toqat jo‘shqinligi, turg‘unlik va passivlikka nisbatan yanada faolligi bilan farq qiladi. Bu siz itoat etib turgan vaziyatlarga nisbatan taqdiringizni yuksak darajada o‘zgartirib yuboradigan tajribaga asoslangan kuchdir. Uning manbai esa amerikaliklarning chekiga tushgan o‘sha g‘oyat serob ulkan kuch bo‘lib xizmat qiladi. Ammo mazkur holatda u qunt bilan nazorat qilinib, ko‘r-ko‘rona tarzda kuchlarni jamlab, aniq-ravshan maqsad tomon yo‘naltiradi.
Hayot yo‘lingiz yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar sizning maqsad sari qadam qo‘yishingizda yuzaga keladigan turli noxushliklarga nisbatan sabr-toqatning oshib ketishini ta’minlaydi. Siz uni egallamoqchi ekansiz, bular yo‘lingizda vaqtinchalik kechikishdan iborat ekanligiga amin bo‘lasiz. Agar uni aynan shu tarzda ijobiy qabul qilsangiz, qat’iy tarzda ro‘baro‘ kelganingiz zahoti g‘oyib bo‘lishini ko‘rasiz. Hatto sizning qat’iyatingiz yo‘qolmasdan turib, oldinroq g‘oyib bo‘ladi.
Konstans Bennister toqatsizlikni o‘zining asosiy kamchiligi deb hisoblagan edi. Vaholanki, u aynan sabr-toqat nihoyatda zarur bo‘lgan kasbni egallagan, bu ish bolalarni suratga tushirish edi. Bennister ushbu sohada eng yaxshi mohirlardan biri bo‘lib yetishdi.
***
«Siz bolani istak-xohishingizga ko‘ndirish uchun qayta-qayta, takror va takror tushuntirishingiz, boz ustiga buni past tovushda bayon etishingiz kerak, ─ dedi u. ─ Men kichkintoylarni suratga tushirishni judayam yaxshi ko‘raman, chunki nihoyatda yoqadi. Bu ish yumor hissimni takomillashtiradi va boshqa yumushlarda ham amaliyotni amalga oshirishimga katta yordam beradi».
Xo‘sh, sabr-toqatni qanday shakllantirish mumkin? Bu oson, faqat sharti shuki, siz aniq hayotiy maqsadga ega bo‘lishingiz hamda uni egallash uchun qizg‘in istakka g‘arq bo‘lib, har bir fikr, har bir xatti-harakat va har bir ibodatni shunga qaratishingiz kerak.
G‘oyani amalga oshirish uchun butun kuch-quvvatni bir nuqtaga jamlash Edisonga elektr sohasidagi ko‘pgina ixtirolarni kashf etishga doir zaruriy sabr-toqatni, Selkuga poliomiyelitga qarshi vaksinani tayyorlashga, Xillariga Elbrusni zabt etish va Elenga yengib bo‘lmas jismoniy nuqsonlarni yengish imkonini berdi.
***
Agar siz ham asosiy maqsadga shunday kuch bilan quvvatingizni jamlamoqchi bo‘lsangiz, bu zaruriy sabr-toqatni ta’min etadi va uni qo‘lga kiritadi.
Qisqasi, ayniqsa, biznesda sabrli bo‘ling!
(Napoleon Xill kitobidan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter