Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi

Akbar Toshqulov adliya vaziri etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

A.Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» unvoni sohibi.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017 yil aprel oyidan boshlab 2021 yil iyul oyiga qadar adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan.

2021 yil iyulda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslanbek Davletov adliya vaziri lavozimidan ketgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring