Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqahhor To‘xtayev ishdan olindi

Abduqahhor To‘xtayev ishdan olindi

Arxiv foto.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi lavozimidan ozod etilgan. U bu tumanni 2019-yil mayidan buyon boshqarib kelayotgandi.

Uning o‘rniga Botir Zohidov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi.

Botir Zohidov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

Shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri, Toshkent shahar hokimi (2005-2011), Jizzax shahar hokimi (2016-2017) hamda Olmazor tuman hokimi (2017-2018) lavozimlarida ham ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring