30 mart. Napoleon urushlari, Tolstoyning kundaligi, Eyfel minorasi, bir kunda tug‘ilgan ikki buyuk rassom va boshqa muhim voqealar

- Gullar kuni (Barselona, Ispaniya).
- Sulton Kelantan kuni (Malayziya).
- Yerni himoya qilish kuni (Falastin davlati).
Voqea-hodisalar
- 1775-yil — Britan parlamenti Shimoliy Amerika mustamlakalariga Britaniyadan boshqa davlatlar bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
- 1791-yil — Fransiya milliy yig‘ini metr etalonini tasdiqladi: Parij meridianining qirq milliondan bir qismi.
- 1814-yil — Ittifoqchi qo‘shinlar (Rossiya, Angliya, Prussiya va boshqalar) Parijni ishg‘ol qildi. Shu tariqa Napoleon urushlari xotima topdi.
- 1842-yil — Doktor Krouford Uilyamson Long (Jefferson, Jorjiya) bemorning bo‘ynidagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotida ilk marotaba efirdan anestezik vosita sifatida foydalandi.
- 1847-yil — Lev Tolstoy kundalik yuritishni boshladi va umri bo‘yi davom ettirdi. Uning kundaliklari jami 13 jildga yetadi.
- 1850-yil — «Royal Adelaide» paroxodi (SShA) Margit shahri yaqinida halokatga uchradi. Qariyb 300 kishi halok bo‘ldi.
- 1856-yil — Qrim urushi (1853—1856-y.y.) Parijda tinchlik shartnomasi tuzilishi bilan nihoyalandi.
- 1863-yil — Daniya qiroli Frederik VII Shlezvigni Golshteyndan ajratib, Daniyaga qo‘shib oldi. Hozir bu ikki hudud (Shlezvig-Golshteyn) yana birlashgan va Germaniya tarkibida.
- 1867-yil — Vashingtonda Rossiya-amerika shartnomasi tuzildi. AQSh Alyaska va Aleut orollarini 7,2 mln. dollarga sotib oldi.
- 1889-yil — Eyfel minorasi qurilishi tugallandi.
- 1899-yil — Angliyaning «Stella» yo‘lovchi tashuvchi paroxodi La-Manshda halokatga uchradi. Qurbonlari soni — 105 kishi.
- 1945-yil — Gdansk (Polsha) nemis fashistlaridan tozalandi.
- 1946-yil — «Oskar» taqdimoti ilk marta radio orqali uzatildi.
- 1954-yil — Torontoda Kanadaning birinchi metrosi ishga tushdi.
- 1981-yil — Sobiq ittifoqda birinchi marotaba yozgi vaqtga o‘tildi.
- 1981-yil — AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirildi.
- 1987-yil — London kimoshdi savdosida Van Gogning «Kungaboqarlar» asari 50 million dollarga sotildi.
- 1990-yil — Estoniya Sovet ittifoqi tarkibidan chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi.
- 1998-yil — Sobiq bosh vazir Robert Kocharyan Armaniston prezidenti etib saylandi.
Tavallud kunlari
- 1432-yil — Mehmed II (1481 yili v.e.), usmonli turk sultoni (1451—1481), Vizantiya imperiyasiga faoliyatiga nuqta qo‘ygan.
- 1746-yil — Fransisko Xose de Goyya, buyuk ispan rassomi (1828-yili v.e.).
- 1757-yil — Jan Fransua Pilatr-de-Roze, fransuz fizigi va kimyogari, aviatsiya asoschilaridan biri (1785-yili v.e.).
- 1853-yil — Vinsent Van Gog, buyuk golland rassomi (1890-yili v.e.).
- 1894-yil — Sergey Ilyushin, aviakonstruktor, «Il-2» samolyoti muallifi (1977-yili v.e.).
- 1926-yil — Ingvar Kamprad, shved tadbirkori, «IKEA» kompaniyasi asoschisi (2018-yili v.e.).
- 1968-yil — Selin Dion, kanadalik xonanda.
- 1986 — Serxio Ramos, ispan futbolchisi, 2010-yilgi jahon chempioni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter