Xalq banki zamonaviy bank xizmat turlari yuzasidan press-tur o‘tkazdi
Bugun 14-fevral kuni Xalq banki Toshkent shahar Amaliyot bo‘limida bank tomonidan aholiga taqdim etilayotgan zamonaviy bank xizmat turlari bilan jurnalistlarni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi.
Xalq banki matbuot xizmati kotibi Sarvar Ochilovning ma’lumot berishicha, Toshkent shahar Amaliyot bo‘limida to‘lov tizimlarini bajaruvchi ko‘p funksiyali bankomatlar o‘rnatildi. Bu esa jahon andozalariga mos ravishda mijozlarga zamonaviy, sifatli va jozibador bank xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Xalq banki tomonida mijozlarga barcha turdagi zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilib, qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Misol uchun bankdan hisob raqami ochish, yopish, Korporativ mobil banking hamda Internet banking xizmatlari mutlaqo bepul.
Eng muhimi, Xalq bankida hisobraqamdagi mablag‘larni Internet banking va Mobil banking dasturlari orqali bank ishtirokisiz, bosh buxgalter tasdig‘isiz o‘tkazishi hamda mijozlar o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni dam olish kunlari ham o‘tkazishi imkoniyati yaratildi.
Xalq banki mijozlari uchun «Xalq Mobile» mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida onlayn konversiya, boshqa bir bank kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, bir nechta kartalarni qo‘shish va ularni hisob raqamlarini nazorat qilish hamda boshqarish, to‘lov va o‘tkazmalar tarixini saqlash xizmatlaridan onlayn rejimda foydalanish mumkin.
Xususiy tadbirkor Narimon Ahrorovning aytishicha, bankning ushbu qulayliklari mijozning ovoragarchiligini keskin kamaytirib, qulayliklarni yuzaga chiqarmoqda.
Shuningdek, ilova yordamida Xalq banki tomonidan mijozga taqdim etilgan kredit qoldig‘ni kuzatib borish, hisoblangan qarzdorlikni onlayn so‘ndirish, bankda saqlanayotgan omonat va jamg‘armalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish, hisoblangan ustama haq miqdorlarini nazorat qilib borish hamda ushbu ilova yordamida dunyoning istalgan internet do‘konlari orqali xaridlarni amalga oshirishlari mumkin.
«Xalq banki yaqinda «24/7 Elektron ofis»lar tashkil qildi. Unda biz mijozlarga haftasiga yetti kun, kechayu kunduz xizmat ko‘rsatadi. Albatta, bu aholiga hamda mamlakatimizga tashrif buyurgan mehmonlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi», deydi «Art Palitra» MChJ vakili, bank mijozi Hamro Fathullayev.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, Xalq banki tomonidan bank mijozlariga, yuridik shaxslar uchun alohida, jismoniy shaxslar uchun alohida bank xizmatlari turi, xizmatlardan qanday foydalanish haqida ma’lumotlar to‘liq aks etgan maxsus kitobcha taqdim etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter