«UzAuto motors» va bir qator korxonalarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy qilinadi
Raqobat sohasida xavflarni boshqarish va qonunchilik talablari buzulishining oldini olish tizimini joriy etish chora-tadbirlari belgilanmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasi bilan, 2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
Unga ko‘ra, davlat ishtirokidagi quyidagi korxonalarda komplayens tizimi joriy qilinishi ko‘zda tutilgan:
- «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyati;
- «Kvars» aksiyadorlik jamiyati;
- «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki;
- «UzAuto motors» aksiyadorlik jamiyati;
- «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati;
- «Navoiazot» aksiyadorlik jamiyati;
- «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati;
- «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyaorlik jamiyati;
- «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyati.
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvardan boshlab monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish quyidagi mezonlarga javob beradigan barcha sub’yektlar uchun majburiy hisoblanadi:
- tabiiy monopoliya sub’yektlari;
- tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar;
- oxirgi uch yilda (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan jami tushumning o‘rtacha yillik miqdori hajmi 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter